AsosiyJamiyat

“Finnair” Skandinaviya mamlakatlaridan O`zbekistonga parvozlarni yo`lga qo`ymoqchi

'“Finnair” Skandinaviya mamlakatlaridan O`zbekistonga parvozlarni yo`lga qo`ymoqchi'ning rasmi

Ushbu masala Transport vazirligi, O`zbekistonning Latviya Respublikasidagi elchixonasi, Investisiyalar va tashqi savdo vaziriligi mas`ullari, "Uzbekistan Airports" AJ hamda Finlyandiyaning “Finnair” aviakompaniyasi vakillari ishtrokida videokonferens aloqa shaklida o`tkazilgan uchrashuvda muhokama etildi.

“Finnair” aviakompaniyasining davlat organlari bilan aloqalar departamenti direktori T.Koskinen Skandinaviya mamlakatlaridan O`zbekistonga kelish istagida bo`lgan sayyohlar uchun to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish istiqbollarini muhokama etib, ushbu yo`nalishda aviakompaniya rejalari bilan o`rtoqlashdi.

Aviakompaniya yo`lovchi tashuvlarini “Uzbekistan airways” AJ bilan "Kod-sher" tijoriy kelishuvlari asosida amalga oshirish, shuningdek, yuk tashuvlari yo`nalishida ham reyslarni yo`lga qo`yishga qiziqish bildirayotganligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar