“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati qishki parvozlar jadvaliga o`tishi munosabati bilan Urganch–Milan–Toshkent, Urganch–Rim–Toshkent va Toshkent–Parij–Toshkent yo`nalishlari bo`yicha mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to`xtatilishini ma`lum qildi.
Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan jadvalga ko`ra yozgi parvozlar jadvali oxirigacha quyidagicha amalga oshiriladi:
Urganch–Rim–Toshkent haftada bir marta – seshanba kunlari (25-oktyabrgacha);
Urganch–Milan–Toshkent haftada bir marta – juma kunlari (28-oktyabrgacha);
Toshkent–Parij–Toshkent haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari (28-oktyabrgacha).






