AsosiyJamiyat

O`zbekistonda "Keksalar haftaligi" o`tkazilmoqda

'O`zbekistonda "Keksalar haftaligi" o`tkazilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston aholisining 3 mln 162 ming nafarini keksa avlod vakillari tashkil etadi. Ulardan 221 nafari ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 9965  nafari mehnat fronti ishtirokchisi, 22 745 nafari esa o`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz keksalardir.

Joriy yilning o`tgan davrida "Nuroniy" jamg`armasi mablag`lari hisobidan 1775 nafar keksalarga nogironlar aravachasi, 1489 nafariga eshitish moslamasi, 2132 nafariga hassa, 1016 nafariga ko`zoynak, 864 nafariga boshqa reabilitasiya vositalari olib berildi. 475 124 nafar nuroniylar bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.

22 745 nafar o`zgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolg`iz va yolg`iz yashovchi keksalarning 3565 nafariga dori-darmon vositalari, 8266 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari, 3785 nafariga moddiy yordam berildi, 168 nafarining uy-joylari ta`mirlandi.

Bu haqda AOKAda Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzaeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar