Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) 2022 yil oktyabr oyi uchun shaxmatchilar reytingini e`lon qildi. Bu haqda O`zA "International Chess Federation" e`lon qilgan ma`lumotga tayanib xabar bermoqda.
Unga ko`ra, birdaniga 4 nafar o`zbek shaxmatchisi TOP-100 talikdan joy oldi:
31. Nodirbek Abdusattorov (2713 ochko);
69. Rustam Qosimjonov (2670 ochko);
80. Nodirbek Yakubboev (2663 ochko);
92. Javohir Sindarov (2654 ochko).
Reytingda Magnus Karlsen (Norvegiya), Din Lijen (Xitoy) va Yan Nepomnyashiy (Rossiya) etakchilik qilmoqda.
Eslatib o`tamiz, FIDE sentyabr oyi bo`yicha e`lon qilgan reytingda ham 4 nafar o`zbekistonlik shaxmatchi TOP-100 talikdan o`rin egallagan edi.






