Xerson viloyatida 8 ta aholi punkti bosqinchilardan ozod qilindi va barqarorlashdi: Lyubimovka, Kreshchenovka, Zolotaya Balka, Belyaevka, Ukrainka, Bolshaya va Malaya Aleksandrovka va Davydov Brod. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy kechki videomurojaatida ma`lum qilgan.
"Bu to`liq ro`yxatdan uzoqdir. Bizning jangchilar to`xtamaydi. Bosqinchilarni butun erimizdan quvib chiqarishimiz vaqt masalasidir”, — dedi Prezident.
Uning so`zlariga ko`ra, faqat shu hafta davomida Xerson, Xarkov, Lugansk va Donesk viloyatlarida o`nlab aholi punktlari ozod qilingan. Unga ko`ra, Ukraina armiyasi hozirgi mudofaa amaliyoti doirasida janubda etarlicha tez va kuchli harakatni amalga oshirmoqda.
Umuman olganda, Ukraina harbiylari 4 oktyabr holatiga ko`ra, Donesk, Lugansk, Nikolaev, Xarkov va Xerson viloyatlaridagi 1534 ta aholi punktini ozod qilgan, deyiladi xabarda.






