Xorijga ishga jo`natishni va`da qilgan firibgar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.A. boshqa fuqaro G`.ni tanishlari orqali 3 000 AQSh dollari evaziga Germaniya davlatiga ishga jo`natishini aytib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






