AsosiyJamiyat

⚡️Tibbiyot yo`nalishi bitiruvchilarining to`liq stavkada ishlashiga ruxsat berildi

'⚡️Tibbiyot yo`nalishi bitiruvchilarining to`liq stavkada ishlashiga ruxsat berildi'ning rasmi

Hukumatning 3 oktyabrdagi [561-son] qaroriga muvofiq, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 o`quv yilida:

 barcha tibbiyot va OTMlarning «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Tibbiy-profilaktika ishi» yo`nalishlari bitiruvchi kurslariga to`liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo`limlarida shifokor sifatida;

 barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo`yicha to`liq stavkagacha ishlashi mumkin.

"Davolash ishi", "Pediatriya ishi" va "Tibbiy-profilaktika ishi" yo`nalishlari bo`yicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashg`ulotlarning nazariy qismini masofaviy o`zlashtiradi.

Sog`liqlni saqlash vazirligi shifokorlarga bo`lgan ehtiyojni aniqlaydi va birinchi bosqichda 2022 yil 1 oktyabrdan Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022 yil 1 noyabrdan barcha hududlarda talabalarni vakant o`rinlarga ishga joylashtiradi.

    Boshqa yangiliklar