Toshkent shahar hokimligi «Veolia Energy Tashkent» MChJ XK tomonidan ko`rsatiladigan issiqlik ta`minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni tasdiqladi.
Unga ko`ra, «Veolia Energy Tashkent» MChJ XK tomonidan ko`rsatiladigan issiqlik ta`minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (bazaviy tarif) 397 ming 212 so`m/Gkal mikdorida belgilandi. Qarorga muvofiq, issiqlik ta`minoti xizmatlari uchun chakana tariflar quyidagilar uchun avvalgi narxlarda qoladi:
aholi uchun – 91 ming 960 so`m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda);
kichik, o`rta va yirik biznes uchun – 141 ming 737 so`m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda).
Byudjet tashkilotlari uchun esa chakana tarif – 502 067 so`m/Gkalni tashkil qiladi.
Bazaviy va chakana tariflar o`rtasidagi farq Toshkent shahrining mahalliy byudjeti hisobidan subsidiyalanadi.
Ma`lumot uchun: Narxlar e`lon qilingan kundan boshlab 15 kun o`tib, ya`ni 2022 yil 21 oktyabrda kuchga kiradi.






