AsosiyJamiyat

O`rtachirchiq tumanidagi katta binoda yong`in sodir bo`ldi

'O`rtachirchiq tumanidagi katta binoda yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

O`rtachirchiq tumanida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 4 oktyabr kuni soat 20:04da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga O`rtachirchiq tumani, “O`choqli” MFY, Majnuntol ko`chasida joylashgan “WORT BARAKA BIZNES” MChJ ga qarashli binoda yong`in bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.

 Voqea joyiga viloyat FVB rahbari boshchiligida 5 ta yong`in qutqaruv ekipajlari  jalb etilgan. Yong`in oqibatida bino ichidagi yog`och materiallari yongan. Yong`in soat 20:33da o`rab olinib, soat 20:59da batamom o`chirilgan. Yong`indan binoning 800 kv.m. maydoni saqlab qolingan.  

 Yong`in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o`tamiz, sal avval Chirchiq shahrida kuchli portlash sodir bo`lgani xabar qilingan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar