AsosiyJamiyat

Ta`lim muassasalarida qishki ta`tilni tashkil etish tartibi belgilandi

'Ta`lim muassasalarida qishki ta`tilni tashkil etish tartibi belgilandi'ning rasmi

“Oliy, o`rta maxsus va professional ta`lim muassasalari talaba va o`quvchilarining qishki ta`tilini tashkil etish to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

 Qarorga ko`ra, dekabr oyining oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligi oralig`ida o`rta maxsus, professional va oliy ta`lim muassasalari talaba (o`quvchi)larining har yilgi 2 haftalik qishki ta`tili o`tkaziladi.

 Qishki ta`til boshlanishidan 10 kun avvaldan chiptaning to`liq qiymatidan 50 foizli chegirma asosida respublika ichidagi poezdlarga (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar va barcha yo`lovchi poezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) hamda mahalliy aviareyslarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma asosida sotish tavsiya etiladi.

 2022 yildan qishki ta`til davrida o`quvchi va talabalarning yo`nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun muddatli imtiyozlar to`plamini (chegirmali chiptalar, aksiyalar) taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.
 

    Boshqa yangiliklar