Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanidagi 40-maktabning 7-sinf o`quvchisi Diyora Tuychieva 12 yoshida IELTS sinovlaridan 7 ball oldi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Diyora ingliz tilini o`rganishni 8 yoshidan boshlagan. U ingliz tili grammatikasini keyingi 3 yil ichida o`zlashtirgan. Ustozi Madina Jalilovaning aytishicha, shogirdi bilan har kuni 7 yoki 8 soat, ba`zan 12 soatgacha ishlagan.
"Diyora bilan dastlab ingliz tilida chiroyli gapirishni, Basis Listening materiallaridan foydalanishni mashq qildik. U LASER A1, A2, B1, MINDSET Foundation kitoblarini qunt bilan o`rgandi. So`zlarni shunchaki yodlab olishni foydasi yo`qligini, nutqda so`zlarni faol ishlatish kerakligini tushuntirganman", — deydi ustozi Madina Jalilova.
Diyora kelajakda ingliz tili o`qituvchisi bo`lishni maqsad qilgan.
04.10.2022 12:54
Samarqandda 12 yoshli qiz IELTS sinovlaridan 7 ball oldi






