Pokistonda iyun oyi o`rtalaridan beri bu mavsumda kuzatilgan musson yomg`irlari va suv toshqinlari qurbonlarining umumiy soni 1695 kishiga etdi, 12865 kishi jarohat oldi. Bu haqda Pokistonning tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi (NDMA) ma`lum qildi.
Boshqarma hisobotiga ko`ra, yomg`ir yoki suv toshqini tufayli halok bo`lganlar orasida 630 bola va 340 ayol bor.
Janubdagi Sind viloyatida 759 kishi halok bo`lgan, ikkinchi o`rinda janubi-g`arbiy Balujiston va shimoli-g`arbiy Xayber-Paxtunxvada 336 va 307 kishi halok bo`lgan.
Bundan tashqari, Pokistonning turli hududlarida 2 045 349 ta uy vayron bo`lgan, 1 162 122 bosh chorva nobud bo`lgan, deyiladi xabarda.
Suv toshqinlari 84 ta okrug va 33 046 329 kishiga zarar etkazgani xabar qilingan. Yog`ingarchilik mavsumi boshlanganidan buyon 13254,49 km yo`l va 440 ko`prik shikastlangan.
NDMA, boshqa davlat idoralari, ko`ngillilar va nodavlat tashkilotlari seldan jabr ko`rgan hududlarda qutqaruv va yordam ishlarini olib bormoqda.






