Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Andijon shahri 1-sonli viloyat perenatal markazidagi holat” nomli xabar tarqaldi. Unda ma`lum qilinishicha, perenatal markazga olib borilgan homilador ayolga vaqtida tibbiy yordam ko`rsatilmagani sabab bolasi vafot etgan.
Holat yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o`tkazilmoqda. Tekshirish natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinadi, deyilgan xabarda.






