AsosiyDunyo

"Biz Rossiya bilan muloqotga tayyormiz, lekin Putin bilan emas, boshqa prezident bilan..." — Zelenskiy hududlarning tark etilishi haqida

'"Biz Rossiya bilan muloqotga tayyormiz, lekin Putin bilan emas, boshqa prezident bilan..." — Zelenskiy hududlarning tark etilishi haqida'ning rasmi

"Rutin qadr-qimmat va halollik nimaligini bilmaydi", — dedi Ukraina rahbari.

Biroz avval Ukraina  va Rossiya o`rtasida bo`lib o`tgan muzokaralar davomida 4 hudud - Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporoje Rossiya Federasiyasiga qo`shilgandi. Bu bo`yicha hujjat imzolangani haqida ham xabar bergandik.

Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy mazkur vaziyatga munosabatini bildirdi.

"Рutin qadr-qimmat va halollik nimaligini bilmaydi", — deydi u so`zi davomida.

Zelenskiy gapida davom etarkan , Ukraina Rossiya bilan muloqotga tayyorligini, biroq bu Putin bo`lmasligini aytadi.

"Ukraina muzokaralar harakatlarida etakchi bo`lgan va shunday bo`lib qoladi. Aynan bizning davlatimiz Rossiyaga hamisha teng, halol, munosib va  adolatli sharoitlarda birga yashashga kelishib olishni taklif qilgan. Shubhasiz, bu Rossiya prezidenti bilan bu mumkin emas. U qadr-qimmat va halollik nimaligini bilmaydi. Shuning uchun biz Rossiya bilan muloqotga tayyormiz, lekin Rossiyaning boshqa prezidenti bilan".

    Boshqa yangiliklar