Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sankt-Peterburgdagi vakilligiga fuqaro R.B. vaqtincha ishlayotgan qandolat korxonasida ish beruvchi tomonidan fuqarolik pasporti olib qo`yilganligi to`g`risida murojaat qildi. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida ish beruvchi bilan suhbat o`tkazilib, Rossiya Federasiyasining amaldagi qonunchiligi asosida javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi va fuqaroning pasporti o`z egasiga qaytarildi.
Shuningdek, fuqaro bilan Rossiya Federasiyasi hamda O`zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli va`dalarga uchmaslik yuzasidan targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
30.09.2022 11:48
Sankt-Peterburg shahrida ishlayotgan yurtdoshimizga pasporti qaytarib berildi






