AsosiyDunyo

Antoniu Guterrish Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashidan chiqarib yuborilishiga qarshi chiqdi

'Antoniu Guterrish Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashidan chiqarib yuborilishiga qarshi chiqdi'ning rasmi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiyaning global diplomatiya maydonlaridan chiqarib yuborilishi tarafdori emas. Bu haqda uning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz"

Dyujarrikka RFning BMT Xavfsizlik kengashidan chiqarib yuborilishi ehtimoliga Bosh kotibning munosabati haqida savol berishgan.

“Qaysidir davlatning Xavfsizlik kengashidan chiqarib yuborilishi BMT ustavida aniq ko`rsatilgan. Fikrimcha, bosh kotib har qanday davlatning global forumlardan chiqarib yuborilishini to`g`ri qaror deb hisoblamaydi”, – degan rasmiy vakil.

Rossiya-Ukraina mojarosi fonida Vladimir Zelenskiy RFni BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a`zoligidan mahrum qilishni so`radi. Iyun oyida u bu chaqiriqni yana bir bor qaytargan AQSh bu taklifni qo`llab-quvvatlasa-da, Rossiyaning bu maqomini bekor qilishning imkoni yo`qligini tan olgandi.

Avvalroq Germaniya  BMT Xavfsizlik kengashiga qo`shilish istagini bildirgandi.

Boshqa yangiliklar