AsosiyJamiyat

Samarqandda yuk mashinasi 10 yoshli bolani urib yubordi

'Samarqandda yuk mashinasi 10 yoshli bolani urib yubordi'ning rasmi

Samarqand viloyati Bulung`ur tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida voyaga etmagan bola halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 16 sentyabr kuni soat 09:00 larda tumanning Paxtaboshi qishlog`idan o`tuvchi ichki avtomobil yo`lda harakatlanib kelayotgan yuk transport vositasi o`zi bilan bir yo`nalishda velosipedda harakatlanib ketayotgan 4-sinf o`quvchisini urib yuborgan.

YTH oqibatida 10 yoshli maktab o`quvchisi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan bola o`qigan maktabda targ`ibot tadbirlari o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar