O`zbekiston rahbarining qarori bilan Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolovga jarima intizomiy jazo chorasi qo`llanildi.
Ma`lum qilinishicha, u o`z faoliyatini davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlarga mos ravishda tashkil etmagani, hokimlarga qo`yiladigan talablarga rioya etmasdan majlis qatnashchilarini haqorat qilganligi va bu bilan keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo`lgani uchun mazkur qaror qabul qilingan.
Ayni borada Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umrzakov tanqidiy fikr bildirib, jarima qo`llanilishini ta`kidladi.
"Tura Bobolov, siz o`rnak bo`lmayapsiz. Internetda chiqqan gaplarni montaj dedingiz. Lekin ekspertiza sizning ovozingizni tasdiqladi. Prezidentimiz topshirig`i bilan sizga intizomiy jazo chorasi sifatida oylik ish haqining 40 foizi miqdorida jarima qo`llandi.
Tegishli mutassaddilar Surxondaryo viloyatini kompleks o`rgansin, muammolarga echimi bilan taklif tayerlasin, kerak bo`lsa aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan jinoiy ish ochishgacha bo`lgan choralari ko`rilsin".






