Bugun, 25 sentyabrga o`tar kechasi ilk bor Birlashgan Arab Amirliklaridan “Flydubai” aviakompaniyasining havo kemasi Namangan xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aviakompaniyaning "Boeing 737" rusumli havo kemasida Dubay - Namangan yo`nalishida yigirmaga yaqin yo`lovchini yurtimizga olib kelgan bo`lsa, Namangan shahridan Dubay shahriga 189 kishi jo`nab ketdi.
Dubay - Namangan yo`nalishidagi pavozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari, Namangan - Dubay yo`nalishidagi aviaqatnovlar esa payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ma`lumot uchun, bugungi kunda "Flydubai" aviakompaniyasi Toshkent va Samarqand shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.






