Kecha, 22 sentyabr kuni taxminan soat 23:00 larda Bektemir tumani, X.Bayqaro ko`chasidagi avtomobillarga yoqilg`i quyish shahobchasi qarshisida, haydovchi 1998 yilda tug`ilgan S.X. “Lacetti” rusumli (davlat raqam belgisi 01 K 967 SB) avtomashinani boshqarib ketayotib, haydovchi 1995 yilda tug`ilgan S.N. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli (davlat raqam belgisi 01 A 502 SB) avtomashina bilan to`qnashuv sodir etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
YTH natijasida “Cobalt” avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Qayd etilishicha, hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






