Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bir qator vazirlar, viloyat mas`ullari va faollari ishtirokidagi yig`ilish bo`lib o`tmoqda.
Yig`ilishda davlat rahbari ayni paytda dunyodagi qaltis vaziyat xususida so`z yuritdi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.
"Kechadan oldin kuni siyosat boshqa edi, kecha boshqa bo`ldi. O`tgan kuni ikkita qo`shni davlat rahbarlari bilan gaplashdim. Davlat rahbari bo`lib xalqni manfaatini o`ylab, kechasiyu-kunduzi tinim bilmay xalq uchun ishlasak yaxshi bo`ladi. Men Jizzax viloyati hokimi bo`lib yurganimda qo`shni chegaralar bilan qancha muammolar bo`ldi. 6 yil avval chegaramizda minalar turardi. Agar shu minalar olinmaganda hozir tinchlik bo`larmidi, bordi-keldi bo`larmidi? O`z vaqtida hal qilgan muammomiz yaxshi bo`ldi hozir", — dedi Shavkat Mirziyoev.






