Soliq kodeksining 423 va 440-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va er solig`ini 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng ulushlarda to`lashi lozim.
Mol-mulk va er solig`ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo`limlariga borgan holda to`lash mumkin.
Soliq mobil ilovasi orqali to`lovni amalga oshirishda:
- ilovadan "Soliqlarni to`lash" bo`limi tanlanadi;
- ochilgan oynaga soliq to`lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JShShIR) kiritiladi;
- jami qarzdorlik va joriy yil uchun to`lanishi lozim bo`lgan soliqlar to`g`risidagi ma`lumotlar shakllanadi;
- "Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi echiladi.
Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo`limidan hisoblangan, to`langan va mavjud soliq qarzdorligi to`g`risidagi ma`lumotlarni olishi mumkin.
️soliq.uz saytidan o`z hududingizdagi qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan erlar uchun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.






