AsosiyJamiyat

Deputatlar "Yo`l harakatini tashkil etish to`g`risida"gi yangi qonunni birinchi o`qishda qabul qilishdi

'Deputatlar "Yo`l harakatini tashkil etish to`g`risida"gi yangi qonunni birinchi o`qishda qabul qilishdi'ning rasmi

"Yo`l harakatini tashkil etish to`g`risida"gi yangi qonun qabul qilinmoqda.  Bu haqda Oliy Majlis quyi palatasi deputati Rasul Kusherbaev xabar berdi.

"Bundan buyon avtomobil haydashning o`zi bo`lmaydi. Mas`uliyat bir emas, o`n baravar oshadi. Albatta mas`uliyat oshishi haydovchilar bilan bir qatorda nazorat qiluvchi organlarning xodimlarida ham parallel ravishda kechmog`i lozim", – deydi deputat.

Yangi qonunda:  

  •  Yo`l harakatini tashkil etishning asosiy prinsiplari;

 

  •  yo`l harakatini tashkil etish sohasidagi davlat boshqaruvi;  

 

  •  avtomobil yo`li egasining huquq va majburiyatlari;

 

  •  yo`l harakatini tashkil etishga qo`yiladigan umumiy talablar;  

 

  •  yo`l harakati monitoringini olib borish;  

 

  •  yo`l harakatini tashkil etish samaradorligini ta`minlash;  

 

  •  to`xtab turish joylariga qo`yiladigan talablar;  

 

  •  kapital qurilish ob`ektlarida yo`l harakatini tashkil etish tartibi;  

 

  •  yo`l harakatini tashkil etish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki;  

 

  •  yo`l harakatini tashkil etish bo`yicha hujjatlarga qo`yiladigan umumiy talablar;  

 

  •  yo`l harakatini tashkil etishning loyihalarini ishlab chiqish tartibi;  

 

  •  yo`l harakatini tashkil etish bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;  

 

  •  transport vositalarini boshqarishga to`sqinlik qiluvchi kasalliklar ro`yxati belgilanmoqda.

 

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o`qishda qabul qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar