AsosiyDunyo

Anqara ShHT sammitidagi ishtiroki haqida Evropa Ittifoqiga hisobot bermaydi — Erdog`an

'Anqara ShHT sammitidagi ishtiroki haqida Evropa Ittifoqiga hisobot bermaydi — Erdog`an'ning rasmi

Anqara ShHT sammitidagi ishtiroki haqida Evropa Ittifoqiga hisobot berish niyatida emas, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog`an. Bu haqda "Sputnik" xabar qilmoqda. 

Avvalroq u ShHTga a`zo bo`lishni Turkiyaning maqsadi deb atagan edi.

“Evropa Ittifoqi bizni 52 yil ushlab turadi, unga yaqinlashishga ruxsat bermaydi va keyin so`raydi: “Nega bu davlat bilan uchrashdingiz? Nega boshqasi bilan uchrashdingiz?" Men muzokaralar olib boraman. Ayni paytda biz EI oldida javobgar emasmiz", - dedi Turkiya rahbari.

U turli davlatlar rahbarlari, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashishini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar