Joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 10:40larda Mingbuloq tumani Chordona mahallasi hududidan o`tuvchi «Baliqchi-Mingbuloq-Nayman-Pungon» yo`lida avtohalokat yuz berdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Chordona mahallasida yashovchi A.N «Lasetti» rusumli avtomashinasida yuqori tezlikda kelib, yo`lning belgilanmagan qismidan yugurib o`tayotgan 2011 yilda tug`ilgan voyaga etmagan yosh qizni urib yuborgan.
Natijada qizcha og`ir tan-jarohatlari oqibatida tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo`limida vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan bugun tumandagi 1-maktabda o`quvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama yig`ilishi o`tkazildi.






