Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning bergan xabariga ko`ra, Bektemir tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.G.” MChJning moddiy javobgar shaxslari va boshqalar rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirib, MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 790 mln so`mlik 510 dona eshik-rom va uning jihozlarini sotib yuborib, tadbirkorning juda ko`p miqdordagi mulkini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
20.09.2022 04:26
Bektemirda tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi






