AsosiyDunyo

"G`azab – dushman, aql – do`st”, deydilar internetdagi provokasiyalarga berilmang!

'"G`azab – dushman, aql – do`st”, deydilar internetdagi provokasiyalarga berilmang!'ning rasmi

Qirg`iziston rahbari 14−17 sentyabrda tojik-qirg`iz cheragasida yuz bergan to`qnashuvlar yuzasidan o`z xalqiga murojaat qildi.

S.Japarov o`z murojaatida Vatan himoyasida halok bo`lgan har bir askarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Uning oilasi, farzandlari kelajagi uchun davlat g`amxo`rlik qilishini bildirdi.

Murojaatda aytilishicha, ayni paytda barcha davlat organlari kuchaytirilgan rejimda ishlab, voqea-hodisalar oqibatida jabrlanganlar sog`lig`ini tiklashmoqda. 

Ta`kidlanishicha, mamlakatda mojarolar paytida vayron bo`lgan va yonib ketgan uylarni zudlik bilan tiklash imkoniyati mavjud.

Ayni damda chegara zonasida halokatli otishmalar to`xtagan, biroq internetda turli provokasion bayonotlar e`lon qilinishda davom etmoqda. Prezident to`qnashuvlar vaqtida aholini faqatgina rasmiy idoralar taqdim etgan ma`lumotlarga tayanishga, yolg`on axborotlarga ishonmaslikka chaqirdi.

"Aziz qirg`izistonliklar, ota-bobolarimiz azaldan so`zga katta ahamiyat bergan. Internetdagi provokasion ma`lumotlarga berilmang. “G`azab – dushman, aql – do`st”, deydilar, shuning uchun g`azab qo`zg`atuvchilarning tuzog`iga tushmang, taxmin va tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ishonmang. Biz bilan birdam bo`lgan strategik hamkorlarimiz, do`st mamlakatlar va xalqlarimizga tuhmat qilayotgan provokatorlarning chiqishlariga quloq solmang", - deydi prezident.

 

Davlat rahbarining qayd etishicha, davlat chegaralari bilan bog`liq bahsli masalalar bosqichma-bosqich hal etilmoqda. 

"Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi bilan chegaradagi barcha uchastkalar tartibga solingan va ularni rasmiy hujjatlashtirishgina qoladi. Bugungi kunda faqat Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududlar ko`rsatilmagan va muammo tug`dirmoqda. Biz qirg`iz-tojik chegarasidagi kelishmovchiliklarni faqat tinch yo`l bilan hal qilishga harakat qilishda davom etamiz", – deydi Sadir Japarov.

 

Eslatib o`tamiz, ayni paytda qirg`iz-tojik chegarsida vaziyat tarang bo`lib turibdi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, qurolli to`qnashuvlarda Qirg`izsitondan 59 kishi, Tojikistondan esa 60 dan ortiq odam halok bo`lgan. 

Qirg`izistonda bugun, 19 sentyabr —  milliy motam kuni deb e`lon qilingan. Tojikistonda esa ertaga, 20 sentyabr kunini motam kuni deb e`lon qilinishi kutilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar