Parijda Eyfel minorasidagi chiroqlar ham odatdagidan bir soat oldin o`cha boshladi.
Bir qator mamlakatlarda energiya tanqisligi sabab jamoat joylaridagi bino chiroqlari o`chirilmoqda. Bu haqda Zamon.uz' sayti xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo`llanganidan so`ng energiya tanqisligi va narxlarning keskin ko`tarilishi tufayli hukumatlar shunga majbur bo`lmoqda. Evropada jamoat binolari fasadidagi chiroqlar o`chirilib, energiyani tejashga harakat qilinmoqda.
Xususan, Germaniyada elektr energiyasini tejash bo`yicha yangi qonun qabul qilindi. Unga ko`ra, diqqatga sazovor joylarni yoritish vaqtincha taqiqlanadi. Ispaniya, o`z navbatida, komendantlik soati joriy etdi: endi do`konlar chiroqlarni o`chirib, roppa-rosa 22:00 da yopilishi kerak.
Parijda Eyfel minorasidagi chiroqlar ham odatdagidan bir soat oldin o`cha boshladi. Bundan tashqari, ayrim korxonalar ishlab chiqarishni qisqartirdi.






