AsosiyDunyo

Nima bo`lganda ham Qirg`iziston bir metr erni bermaydi va milliy manfaatlarni qat`iyat bilan himoya qiladi – Sadir Japarov

'Nima bo`lganda ham Qirg`iziston bir metr erni bermaydi va milliy manfaatlarni qat`iyat bilan himoya qiladi – Sadir Japarov'ning rasmi

Davlat rahbari nima bo`lganda ham Qirg`iziston bir metr erni bermasligi va milliy manfaatlarni qat`iyat bilan himoya qilishini ta`kidladi.

Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarovning xalqiga murojaati e`lon qilindi. Bu haqda Zamon sayti yozmoqda.

Unda quyidagilar qayd etildi:

▪️ Halok bo`lganlarning oila a`zolariga hamdardlik bildirildi. Ular muqaddas burch yo`lida halok bo`ldilar – yurt sarhadlarini asrash, bir metr ham er bermaslik. Qurbonlarning oilalariga davlat yordam beradi.
 

▪️ Chegarachilarga o`qlar “do`li” yog`ishidan qo`rqmay, qahramonlik ko`rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
 

▪️ Qurbonlar faqat Qirg`iziston tomonida emas. Tezkor ma`lumotlarga ko`ra, Tojikiston tomoni ham katta yo`qotishlarga uchragan. Chegaralar masalasi hal etilmagan, shuning uchun nizolar kelib chiqmoqda.
 

▪️Nima bo`lganda ham Qirg`iziston bir metr erni bermaydi va milliy manfaatlarni qat`iyat bilan himoya qiladi.
 

▪️ O`zbekiston bilan chegara masalalari deyarli hal qilingan, Tojikiston bilan esa yo`q. Tarix shuni ko`rsatadiki, bu masalalar sabr-toqat va puxtalik bilan ko`rib chiqishni talab qiladi. Qirg`iziston ularni imkon qadar tezroq hal qilishga harakat qilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar