AsosiySiyosat

Raisiy va Tokaev Samarqand sammitidan so`ng uchrashuv o`tkazdi

'Raisiy va Tokaev Samarqand sammitidan so`ng uchrashuv o`tkazdi'ning rasmi

Samarqand shahrida bo`lib o`tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasida Qosim-Jomart Toqaev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi.

Xususan, Qozog`iston tomoni Eronga qisqa muddatda etkazib berilishi mumkin bo`lgan tovarlar ro`yxatini tayyorlagan.

Shuningdek, Qozog`iston tomoni Eron tomonining ham xuddi shunday ro`yxatini ko`rib chiqishga va qo`llab-quvvatlashga tayyor. Bu o`zaro tovar ayirboshlash hajmini 3 milliard dollarga etkazish maqsadiga erishishga  hissa qo`shadi.

Qozog`iston davlat rahbari iyun oyida Tehronda davlat rahbarlari tomonidan poydevor qo`yilgan tranzit-transport yo`lagi muvaffaqiyatli rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Muloqot chog`ida tranzit yuk oqimini yanada oshirish maqsadida Qozog`iston-Turkmaniston-Eron temir yo`l liniyasi salohiyatini rivojlantirish muhimligi, shuningdek, mamlakatlar Kaspiy dengizi portlari orqali muntazam parom qatnovi imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi ta`kidlandi.  

Qozog`iston prezidenti Eronning ShHTga to`laqonli a`zo bo`lish istagini olqishladi va mamlakatning tashkilotga a`zo bo`lishi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashi va uning faoliyatiga yangi sur`at bag`ishlashiga ishonch bildirdi.

    Boshqa yangiliklar