AsosiySiyosat

Har yili ShHT yirik savdo yarmarkasini o`tkazish taklif etildi

'Har yili ShHT yirik savdo yarmarkasini o`tkazish taklif etildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tartibdagi majlisi bo`lib o`tmoqda.

Majlisda ShHTni 2040 yilgacha Rivojlantirish strategiyasini tayyorlashga kirishish mumkinligi, ushbu dasturulamal hujjat ko`p qirrali hamkorlikning barcha yo`nalishlarini qamrab olishi, ShHTni uzoq muddatli rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlarini belgilab berishi lozimligi ta`kidlandi.

O`zbekiston rahbari, avvalo, iqtisodiyot, savdo va investisiya sohasidagi hamkorlikning amaliy ta`sirchanligini oshirish g`oyat muhim ekanini qayd etdi.  

O`zbekiston ShHT mamlakatlari iqtisodiyotlarining bir-birini o`zaro to`ldirib borishdagi afzalliklarini hisobga olgan holda, mavjud salohiyatni maksimal darajada oshirishdan manfaatdor. Shu munosabat bilan ShHTning yangi iqtisodiy muloqotini boshlash asosida sanoat va texnologik hamkorlikning umumiy makonini shakllantirish taklif etildi.

Mamlakatlarimiz o`rtasida keng ko`lamli iqtisodiy hamkorlikni ta`minlash va amaliy hamjihatlikning aniq natijalariga erishish maqsadida O`zbekistonda ShHT mintaqalarining biznes sherikligi haftaligini o`tkazish taklifi ilgari surildi.

O`zbekiston sanoat kooperasiyasini chuqurlashtirish va o`zaro savdoni rag`batlantirish maqsadida ShHT mamlakatlari Maxsus iqtisodiy zonalari alyansini tuzish tarafdori.

Har yili ShHT yirik savdo yarmarkasini o`tkazish, uning asosida yagona elektron platforma yaratish taklif etildi.

    Boshqa yangiliklar