Eron Islom Respublikasining ShHTga a`zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to`g`risidagi memorandum imzolandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.
ShHT Bosh kotibi Chjan Ming bugunni Eron uchun ham, tashkilot uchun ham muhim kun deb atadi.
Qayd etilishicha, Eronning ishtirokchi davlatlar guruhiga kirishi Shanxay hamkorlik tashkilotini mustahkamlaydi. Memorandumda ko`zda tutilgan barcha majburiyatlar bajarilgach, Eron Islom Respublikasi ShHTning to`laqonli a`zosiga aylanadi.
Eslatib o`tamiz, 2005 yilda Eron ShHTda kuzatuvchi davlatga aylangan. Mamlakatning tashkilotga to`laqonli a`zoligiga kirish jarayoni 2021 yilda boshlangan.






