Hozirgina Vladimir Putin Samarqandga etib keldi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.
Ma`lum qilinishicha, bugun Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Rossiya prezidentining quyidagi uchrashuvlari bo`lib o`tadi:
▪️ O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan
▪️ Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan
▪️ Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan
▪️ Eron Prezidenti Ibrohim Raisi bilan
▪️ Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan
▪️ Xitoy raisi Si Szinpin bilan
Va u Rossiya-Mo`g`uliston-Xitoy uch tomonlama sammitida ishtirok etadi.
Juma kuni Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Ozarbayjon prezidenti bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi.






