AsosiyDunyo

Zelenskiy Kievda YTHga uchradi

'Zelenskiy Kievda YTHga uchradi'ning rasmi

Ichida Vladimir Zelenskiy bo`lgan avtomobil Kievda YTHga uchradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sergey Nifikorov xabariga tayanib Zamon.uz' yozmoqda.

Noma`lum engil mashina Ukraina rahbari ketayotgan avtomobilga borib urilgan. Shundan so`ng Zelenskiy voqea joyida tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan va unda jiddiy tan jarohati aniqlanmagan. Haydovchi esa shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda yo`l-transport hodisasi tafsilotlari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar