AsosiyJamiyat

Endi nafaqa olish uchun tegishli tashkilotlarga "yugurish" kerak bo`lmaydi

'Endi nafaqa olish uchun tegishli tashkilotlarga "yugurish" kerak bo`lmaydi'ning rasmi

Fuqaroning murojaatisiz davlat xizmatlarini "proaktiv" shaklda ko`rsatish amaliyoti O`zbekistonda ilk marotaba Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi tomonidan amalga oshiriladi.

Xususan, 2022ning yil oktyabr oyidan boshlab 18 yoshgacha nogironligi bo`lgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga" to`lanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan hech qanday murojaat talab etilmasdan "proaktiv shaklda tayinlash tizimi joriy etilmoqda.

Ya`ni, fuqaro nafaqa tayinlash uchun birorta davlat organiga murojaat qilmaydi. Bunda, nafaqa tayinlash uchun barcha ma`lumotlar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda olinadi.

Ma`lumot uchun, ushbu tartib joriy qilinishi bilan bir yilda o`rtacha 70 mingdan ziyod fuqarolarning nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish amaliyoti bekor qilinadi va ushbu ijtimoiy to`lovlar axborot tizimlaridan olingan ma`lumotlar asosida avtomat ravishda tayinlanadi.

Eslatib o`tamiz, amalga kiritilayotgan mazkur tartib bo`yicha ijtimoiy yordamning  zamonaviy  mexanizmlarini  amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 fevral kuni "Nogironligi bo`lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora- tadbirlari to`g`risida"gi PF-74-son Farmoni qabul qilingan.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar