AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Karl IIIning taxtga o`tirishi munosabati bilan tabrik yo`lladi

'Shavkat Mirziyoev Karl IIIning taxtga o`tirishi munosabati bilan tabrik yo`lladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Karl Uchinchiga uning taxtga o`tirishi munosabati bilan tabrik yo`lladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.

Maktubda O`zbekiston va Buyuk Britaniya o`rtasidagi o`zaro ishonch va yuksak hurmat ruhidagi keng qamrovli sheriklik kelgusida ham izchil rivojlanishiga ishonch bildirilgan.

Davlatimiz rahbari qirolga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda g`oyatda sharafli faoliyatida ulkan yutuqlar, do`st Birlashgan Qirollik xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, davomiy ravnaq tilagan.

    Boshqa yangiliklar