Bugun, 11 sentyabr kuni Namangan shahrining Usmon Nosir ko`chasidagi do`konlardan birida yong`in sodir bo`ldi.
Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, soat 13:27 larda FVB navbatchilik qismiga Z.M.Bobur bog`i yonidagi faoliyat olib bormayotgan ko`chma do`konda yong`in bo`layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, voqea joyiga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 13:31 da etib borib, 13:35 da olov to`liq o`chirilgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda tergova qadur surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






