Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Uychi tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Uychi tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazi direktori S.A., 2 nafar fuqaroni ushbu markazga ishga qabul qilish evaziga o`z xizmat xonasida 200 AQSh dollari va 2,2 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Departament rasmiy kanalida xabar berildi.
Shuningdek, olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida S.A fuqaro X.dan 18 nafar fuqaroni rasmiy ishsizlar ro`yxatiga kiritib qo`yish uchun muqaddam 1,8 mln so`mini olganligi aniqlanib, shundan 100 AQSh dollari va 600 ming so`mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






