Joriy yil 20-22 oktyabr kunlari Marg`ilonda “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali bo`lib o`tadi. Bu haqda viloyat hokimligi ma`lum qildi.
Farg`ona viloyati hokimligi, YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Marg`ilon shahar hokimligi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan ushbu festival Marg`ilon ipakchiligining dovrug`ini dunyoga tanitishda, hunar va san`atga mehri baland insonlarning o`zaro fikr va tajriba almashishida muhim o`rin tutishi bilan ahamiyatlidir.
23-24 sentyabr kunlari YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi boshchiligidagi taniqli mutaxassislar va ekspertlardan iborat delegasiya Farg`ona viloyatiga keladi.
Tashrif davomida festivalni o`tkazish bilan bog`liq tashkiliy masalalar yuzasidan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuv o`tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu festivalda Marg`ilonga Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Hunarmandlar shahri maqomi berilishi kutilmoqda.
08.09.2022 04:15
Marg`ilonda bo`lib o`tadigan “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivaliga oktyabrda start beriladi






