Ayni savolga bugun bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari Usmon Sharifxodjaev javob berdi.
"Darsliklar uchun ayrim maktablarda pul to`planib bo`lishi mumkin. Endi shu mablag`ni ota-onalar maktabga murojaat qilib, qaytarib olishlari kera", – deydi u.
Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari bu borada barchaga ogohlantirish berdi.
"Vazirlik, o`z navbatida, tegishli joylarda pullarni yig`maslik, agar yig`ib bo`lingan bo`lsa, bundan ota-onalarni xabardor qilib, pullarni qo`llariga qaytarib berishni so`raydi", – deydi Usmon Sharifxodjaev.
Mavzuga doir:
Maktab darsliklari endi doimiy bepul bo`ladi — XTV
Maktab sinflarida bolalar sonining 40-45 nafarni tashkil etishi ta`lim sifatiga ta`sir qilmaydimi?
Oybek Shukurov.






