AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda eri bilan janjallashib qolgan ayol o`zini kanalga tashladi

'Qashqadaryoda eri bilan janjallashib qolgan ayol o`zini kanalga tashladi'ning rasmi

20 avgust kuni o`z joniga qasd qilmoqchi bo`lgan Kasbilik yashovchi ayol qutqarib qolindi. Bu haqda "Nasafnews" xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, qishloqda yashovchi ayol X.S. o`z yashash uyidan 3 nafar voyaga etmagan farzandlarini olib chiqib ketgan. Uydan chiqishidan avval ayol turmush o`rtog`i  bilan o`zaro janjallashib qolgan. Holatdan xabar topgan hudud profilaktika inspektori shundan keyin qidiruv ishlarini amalga oshirgan.

Aniq bo`lishicha, ayol Qarshi tumani va Qarshi shahri chegarasidan oqib o`tuvchi Qarshi magistral kanaliga borgan va o`zini suvga tashlagan.

Inspektor va ayolning akasi ayolni zudlikda suvdan olib chiqib, uning hayotini saqlab qoldi va unga birinchi yordam ko`rsatildi. Hozirda ayol va bolalarning ahvoli yaxshi.

"Holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda" – deyiladi ma`lumotda.

    Boshqa yangiliklar