"Hinnamnor” to`foni seshanba kuni ertalab Janubiy Koreyaga etib keldi, natijada elektr quvvati uzilib qoldi va kamida bir kishi bedarak yo`qoldi.
Mamlakat janubiy hududlariga etib kelgan kuchli yomg`ir va shamollar daraxtlar hamda yo`llarni vayron qilgani, 20 mingdan ortiq uyni elektr ta`minotisiz qoldirganligi sababli Janubiy Koreyada minglab odamlar evakuasiya qilinmoqda.
Ma`lum qilinishicha, Janubiy Koreyada sodir bo`lgan mazkur hodisa so`nggi yillardagi eng kuchlisi hisoblanadi.
"To`fon uning janubiy mintaqasiga zarar etkazdi, deyarli bir metr yomg`ir yog`dirdi, yo`llarni vayron qildi va elektr uzatish liniyalarini kesib tashladi, minglab odamlar xavfsiz erga qochib ketgani sababli 20 000 uyni elektr energiyasiz qoldirdi", – deyilmoqda jahon OAV xabarida.
Janubiy Koreya rasmiylari poytaxt Seul atrofidagi mintaqada kuchli yomg`irlar oqibatida kamida 14 kishining hayotiga zomin bo`lgan toshqindan bir necha hafta o`tgach, "Hinnamnor” tomonidan yuzaga kelgan suv hodisalar haqida xalqni ogohlantirgan.
Bosh vazir Xan Duk Su suv toshqini xavfi bo`lgan hududlarda odamlarni evakuasiya qilishga chaqirgan va to`fon "biz ilgari hech qachon boshdan kechirmagan tarixiy kuchli to`fon" bo`lishi mumkinligini aytgan.
Yakshanba kunidan beri "voqeilik nuqtasi"da shamol tezligi soatiga 155 kilometrga etgani aytiladi.
Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, janubiy hududlarda 3400 dan ortiq odam xavfsizlik nuqtai nazaridan uylarini tark etishga majbur bo`lgan. Kamida beshta uy va bino suv ostida qolgan, ko`plab yo`llar vayron bo`lgan.
Ishchilar ertalab soat 6:00 holatiga ko`ra elektr ta`minotidan uzilgan 20334 ta xonadondan 2795 tasida elektr ta`minotini tiklashga muvaffaq bo`lishgan.






