AsosiyJamiyat

Endi rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi

'Endi rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi'ning rasmi

Yana bir guruh davlat fuqarolik xizmatchilari Milliy kadrlar zaxirasiga olindi. Bugun nomzodlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. 

Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko`ra, ular endilikda Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida malaka oshiradi.

"Nomzodlar 2 500 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi orasidan saralandi. Ular uchun bugundan masofaviy malaka oshirish kurslari boshlandi. Shuningdek, nomzodlar uchun vazirlik va idoralarda amaliyot, xorijiy stajirovka ham tashkil etiladi",-deyiladi xabarda. 

Ma`lum qilinishicha, tizim ilg`or xorijiy tajriba va milliy amaliyot uyg`unligi asosida takomillashdi. Maqsad — milliy, respublika, tarmoq va hududiy darajalarda professional tayyorlangan samarali kadrlar zaxirasini shakllantirish.

    Boshqa yangiliklar