Ma`lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali o`qishga kirgan talabalardan talab qilinadigan hujjatlar ro`yxati e`lon qilingan bo`lib, unda STIR (INN) ham ko`rsatilgan.
Natijada, STIR raqami mavjud bo`lmagan shaxslar yoki ularning yaqinlari tomonidan soliq organlariga telefon orqali yoki shaxsan borib STIR so`rash holatlari ham kuzatilgan.
Davlat Soliq Qo`mitasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yil 1 iyuldan boshlab davlat soliq xizmati organlarida jismoniy shaxslarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.
Shunga asosan, 2021 yil 1 iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga soliq to`lovchining identifikasiya raqami (STIR)ni berish bo`yicha davlat xizmatini ko`rsatish to`xtatilgan.
"Barcha OTMlardan talabalikka tavsiya etilgan shaxslardan STIR talab qilmaslik so`raladi" – deyiladi xabarda.
Ta`kidlanishicha, davlat tashkilotlari tomonidan aholidan STIR talab qilinishi davlat xizmatlari ko`rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi. (ushbu ma`lumotlar davlat tashkilotlarida o`zaro axborot almashinuvi orqali olinishi lozim).






