Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch tumanida fermerdan pul undirmoqchi bo`lgan bosh mutaxassis ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.
Urganch tumani qishloq xo`jaligi bo`limi bosh mutaxassisi J.M. “S.S.” MChJ va “Sh.Sh.” fermer xo`jaligining kelgusi yilda ekiladigan g`alla er maydonlari gektarini kengaytirib berish evaziga xo`jalik rahbari X.dan 2 900 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






