AsosiyJamiyat

Samarqandda maktab darsliklarini otib tarqatgan o`qituvchi va maktab direktori ishdan ketdi

'Samarqandda maktab darsliklarini otib tarqatgan o`qituvchi va maktab direktori ishdan ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 5 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumanidagi 1-son umumiy o`rta ta`lim maktabida maktab o`quvchilari va ularning ota-onalariga qo`pol ravishda maktab darsliklari va mashq daftarlari tarqatilganligi aks etgan video lavhalar tarqaldi. Bu haqda sal avval xabar bergan edik. Holat XTV tomonidan nazoratga olingan va o`rganish ishlari boshlab yuborilgan edi.

Holatni o`rganish bo`yicha Nurobod tumani xalq ta`limi bo`limi tomonidan ham ishchi guruh tuzilib, o`rganish ishlari olib borildi, deya xabar bermoqda Nurobod tumani hokimligi Axborot xizmati.

O`rganishlar natijasida, tumandagi 1-son umumiy o`rta ta`lim maktabining 4 sinf o`quvchilariga sinf rahbari G`offorova Shohida sinf o`quvchilariga maktab darsliklari va mashq daftarlarini qo`pol tarzda, o`qituvchi etikasi va odob-axloq qoidalariga zid ravishda, sinfdan tashqari holatda tarqatganligi ma`lum bo`lgani xabar qilinmoqda.

O`qituvchiga xos bo`lmagan xislatda xatti-harakat qilganligi sababli umumiy o`rta ta`lim maktabining 4-d sinf rahbari Sh.G`offorova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Maktab darsliklari va mashq daftarlarini tarqatilish jarayonini nazoratga olmaganligi va mas`uliyatsizlikka yo`l qo`yganligi sababli maktab direktori E.Hamraev egallab turgan lavozimidan ozod qilinganligini ma`lum qilamiz, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar