"Dushanbe-Toshkent-Dushanbe" yo`nalishidagi 301/302-sonli halqaro yo`lovchi poezdning chiptalariga 20% chegirmalar joriy qilindiyu Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, "O`zbekiston temir yo`llari" AJ va "Rohi ohani Tojikiston" DUK rahbariyatlari ishtirokida o`tkazilgan muzokaralarda O`zbekiston va Tojikiston davlatlari o`rtasida qatnovchi halqaro yo`lovchi poezdlarning chiptalar narxini pasaytirish masalasi ko`rib chiqildi.
Unga ko`ra, 2022 yil 6 sentyabrdan boshlab, 301/302 sonli "Dushanbe-Toshkent-Dushanbe" yo`nalishidagi halqaro yo`lovchi poezdining chiptalariga belgilangan chipta narhining tarif qismiga qo`shimcha 20% chegirma berilishiga qaror qilingan.






