AsosiyJamiyat

O`zbekistonda samolyotda yo`lovchi tashish narxlari bir oyda o`rtacha 2,1 foizga oshgan

'O`zbekistonda samolyotda yo`lovchi tashish narxlari bir oyda o`rtacha 2,1 foizga oshgan'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning avgust oyida O`zbekistonda mahalliy yo`nalishlarda havo transportida yo`lovchi tashish narxlari iyul oyiga nisbatan ya`ni bir oyda o`rtacha 2,1 % ga oshgan.

 Havo transportida mahalliy yo`nalishlarda yo`lovchi tashish narxlari yil boshidan buyon o`rtacha 7,9 % ga arzonlashgani kuzatilgan.

 O`zbekistonda havo transportida yo`lovchi tashish narxlari o`tgan yilning mos davriga nisbatan ya`ni yillik nisbatda o`rtacha 10,3 % ga arzonlashgan.

 

    Boshqa yangiliklar