AQShda to`qqiz nafar yo`lovchi bo`lgan samolyot Sietl qirg`oqlari yaqinida Tinch okeaniga qulab tushdi. Bu haqda AQSh qirg`oq qo`riqlash xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Agentlik bayonotida aytilishicha, AQSh qirg`oq xavfsizligi ekipajlari Uidbi oroli g`arbidagi Mutiniy ko`rfazida bortida sakkiz nafar kattalar va bir bola bo`lgan dengiz samolyoti halokatga uchragani haqidagi xabarlarga munosabat bildirgan.
Halok bo`lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma`lumotlar yo`q.






