AsosiyJamiyat

Bugun tush payti kuchli magnit bo`roni kuzatilishi mumkin

'Bugun tush payti kuchli magnit bo`roni kuzatilishi mumkin'ning rasmi

O`zbekistonda 5 sentyabr kuni tush payti magnit bo`ronining 5 balli faol bosqichi kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Bu Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma`ruzalar kanalida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, o`tgan hafta quyoshda 24 ta kuchli quyosh chaqnashi kuzatilgan. Ikkita o`ta aktiv zona rivojlangan. Quyosh sirtidagi mazkur chaqnashlar Erda magnit bo`roni xavflilik darajasini oshirishi aytilgan.

Shuningdek, "O`zgidromet"ning Meteoinfokom tuzilmasi 5 sentyabr kuni tush payti O`zbekistonda magnit bo`ronining G3 darajaga ega 5 ballik xavfini e`lon qilgan.

    Boshqa yangiliklar